O‘zMUda akademik mobillik

Akademik mobillik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabdagi 578-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

Akademik mobillik quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

  • talabalarga yetakchi ilmiy maktablar shakllangan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish imkoniyatini yaratish;

  • talabalarning bilim sifati va rivojlanish darajasini oshirish;

  • talabalarning boshqa hududda tahsil olish zaruratini inobatga olgan holda, ta’lim olish imkoniyatini yaratish;

  • xorijiy va mahalliy ta’lim tizimlari yutuq hamda tajribalari bilan tanishish;

  • mutaxassislik bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash;

  • oliy ta’lim tashkilotining hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

  • ta’limning integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Asosiy qoidalar

  • Muddati: OTMlararo kelishuvga asosan kamida bir semestr yoki ko‘pi bilan ikki semestr.
  • Asos: OTMlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’lim kelishuvi va rektor buyrug‘i.
  • Saralash: Talabalarning qobiliyati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) va OTMning moddiy-texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.
Muhim cheklovlar: Akademik mobillik dasturida 1-kursning 1-semestri, bitiruvchi kursning so‘nggi semestri hamda kursdan-kursga qolgan talabalar ishtirok etishi mumkin emas.

Kreditlarni tan olish va moliyalashtirish

Talaba mobillik davrida fanlarni o‘zlashtira olmasa, yuboruvchi OTM rektori ruxsati bilan ushbu fanlarni o‘z universitetida pulli asosda o‘zlashtirishi mumkin. Kontrakt va stipendiya to‘lovlari universitetlararo imzolangan shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza topshirish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

Talaba kuzgi va bahorgi semestr oxirida elektron tarzda rektor nomiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

T/r Talab qilinadigan ma’lumotlar
1 Talabaning F.I.O., fakulteti va guruhi
2 Safardan maqsad va boriladigan joy
3 Safarga borish muddati
4 Xarajatlarni moliyalashtirish manbalari

Murojaat uchun forma


    Talabaning ariza shakli











    Max: 2MB, PDF only




    Maksimal hajm: 5MB, Faqat PDF formatda