Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMUda OTMlar o‘rtasida «Munozara» turniri o’tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida "Munozara" turnirining 15-guruh hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

Turnirda O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Yangi O‘zbekiston, Profi, Yangi asr universitetlari, “MEI” milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali jamoalari o‘zaro bahslashdi. 

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-, O‘zbekiston Milliy universiteti 2-, Toshkent shahridagi Inha universiteti 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Biz shu yerdamiz:

🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook  📱Instagram 📺YouTubeу

O‘zMU Axborot xizmati