Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMUda Son Mun universiteti taekvondo jamoasining konserti tashkil etildi

Joriy yilning 7-may kuni Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy universitetida mehmon bo‘ldi. Mamlakatlarimiz taekvondo ustalarining hamkorlikda tayyorlagan shou-dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. 

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston Milliy universitetiti rektori Inom Madjidov, Son Mun hamda Sunchonhyang universitetlari vakillari hamda boshqa delegatsiya a’zolari, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Dastlab, O‘zMU taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari hamda universitetdagi sport to‘garagining yosh tarbiyalanuvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tadbirni Son Mun universiteti taekvondo jamoasining shou-dasturi davom ettirdi. 

Konsert so‘nggida koreyalik mehmonlar, delegatsiya a’zolari, taekvondo jamoasiga O‘zbekiston Milliy universitetining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.