Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMUda Toshkent shahri va Toshkent viloyati Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun

2024-2025 o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalarini qabul qilish bo‘yicha Hududiy ishchi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi “Bahorgi semestrda talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarlarni joylarda qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 468-sonli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2024-2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha Hududiy ishchi guruhini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mas’ul etib belgilangan. Shu munosabat bilan, Universitetda Hududiy ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2024-2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalari qabul qilinmoqda. Hududiy ishchi guruh Matematika fakulteti binosining 1-qavatida 2024-yil 20-dekabr kunidan 2025-yil 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba-dam olish kuni; shanba-soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.