Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida an’anaviy “Zamonaviy dunyoda rus tili va adabiyoti – 2026” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Tadbir Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan o‘tkazilib, taniqli rus filologining 130 yilligiga bag‘ishlandi. Unda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida rus tilshunosligi va adabiyotshunosligi, rus tili tarixi, zamonaviy tarjimashunoslik masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan ilg‘or tajribalar almashilib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Anjuman yakunida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari sarhisob qilinib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi. Tadbir turli mamlakatlardan kelgan olim va tadqiqotchilarni birlashtirib, ilmiy muloqot va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.