Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMUning bir guruh professor-o‘qituvchilari “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra taqdirlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovi natijalari boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda ilmiy loyihalari moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar olima ayollar taqdirlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari ham tanlov g‘olibi sifatida taqdirlanib, ilmiy loyihalari moliyalashtirishga tavsiya qilindi. 

Jumladan, 

•  Mirxamitova Dilorom Xudoyberdiyevna – loyiha: “Alifatik aminlar-yigʻuvchi flotatsion reagent ishlab chiqarish texnologiyasi”

•  Djurayeva Sanabar Nurmatovna – loyiha: “Qashqadaryo vohasi tarixiy va madaniy yodgoliklari ekoturizmiga oid ziyoratgohlarning «i-Turizm» platformasini ishlab chiqish”

•  Komilova Nafisa Rajabovna – loyiha: “Turli xil biologik faol birikmalarning neyroprotektiv xususiyatlarini tadqiq qilish maqsadida birlamchi hujayralar kulturasini olish metodlarini ishlab chiqish va takomillashtirish”

•  Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna – loyiha: “Oʻzbekistonda sugʻurta xizmatlariga boʻlgan talabni ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar asosida ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirish”

•  Komilova Nilufar Karshiboyevna – loyiha: “Global iqlim oʻzgarishlari sharoitida Toshkent shahrining urboekolik vaziyati  (inson ekologiyasi va kasalliklar hududiy tarkibidagi oʻzgarishlar, xaritalashtirish masalalari”

•  Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi – loyiha: “PARATRANSLATOR: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lugʻat platformasini yaratish”

•  Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna – loyiha: “Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) endofitlari: bio xilma-xilligi, biologik faol birikmalar va ularni biotexnologiyada  qoʻllash istiqbollari”

•  Qudratullayeva Ruxsora Baxtiyarovna – loyiha: “Maktab oʻquvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy taʼminotni yaratish”

O‘zMU Axborot xizmati