Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Oʻzbekiston Milliy universitetida “Fransiyaga sayyohat” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.


Bugun, 19-mart kuni Oʻzbekiston-Fransiya doʻstlik jamiyati tashabbusi bilan Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizim vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Fransiyaning Xalqaro birdamlik va taʼlim tashkiloti (A.S.I.E) bilan hamkorlikda xalqaro Frankofoniya bayrami munosabati bilan “Fransiyaga sayyohat” mavzusida madaniy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari fransuz tili oʻqitiladigan oliy oʻquv yurti talabalari bular asosan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari qatnashdilar. Mazkur tadbirda talabalar fransuz tilidagi bilimlari, fransuz kuy va qoʻshiqlari, turli xil sahna chiqishlari hamda viktorina boʻlib oʻtdi. Shuningdek, tadbir davomida talabalar bir-birlari bilan tanishishga, fikr almashishga va oʻzlarining iqtidorlarini namoyon qilishga erishdilar. Tadbirda (A.S.I.E) jamiyati tadqiqotchisi Paul Armand ham ishtirok etib, bu tashkilotning olib boriladigan faoliyati, Fransiya gastronomiyasi Fransiyaning tarixiy shaharlari, urf-odatlari toʻgʻrisida qisqacha taqdimot qilib oʻtdilar. Tadbir soʻngida barcha ishtirokchilar estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.








XALQARO ALOQALAR BO’LIMI