10-mart kuni Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.
Tadbirda O‘zbekiston va Fransiyaning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, ilm-fan va ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Tantanali tadbirni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Fransiya Oliy ta’lim va tadqiqotlar vazirligi Yevropa va xalqaro departamenti boshlig‘i Maniel Boire ochib berdi.
Konferensiya doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Ilmiy amaliy anjumanning “O’zbеk- Fransuz univеrsitеti”, “Ilmiy-tеxnik hamkorlik”, “Madaniy mеros va turizm” hamda “Science NEXT: Yosh Olimlar nеtvorkingi” kabi sеssiyalari ham bo’lib o’tmoqda.
Jumladan, O‘zbеkiston Milliy univеrsitеti hamda bir necha Fransiya universitetlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik bitimlari imzolanishi kutilmoqda.
O‘zMU Axborot xizmati