Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!


YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining xabariga muvofiq, YUNESKO tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti uchun tanlov e’lon qilindi.

👧Mazkur mukofot inson hayotini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy-tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, unga aʼzo-davlatlardagi alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

🎁Mukofot jamg‘armasi – 300,000 AQSH dollari, uch nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi. G‘oliblar YUNESKO Bosh direktori tomonidan xalqaro hay’at tavsiyasiga ko‘ra tanlab olinadi.

📰Tanlovda ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar:
✅ Ariza varaqasi
✅ Nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan oshmagan) axborot
✅ Ilmiy-amaliy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot
✅ Muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati

📅 Ro‘yxatdan o‘tish:
Nomzodlar www.unesco.org/egip/account-reguest havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

📩 Hujjatlarni topshirish muddati:
2025-yil 10-mart kuniga qadar nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilishi lozim (✉️ Elektron pochta: sh.eshqobilova@edu.uz)