Shu yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” kafedrasi tashabbusi bilan psixologiya fanlari doktori, professor G‘oziyev Ergash G‘oziyevich xotirasiga bag‘ishlangan “Psixologiya va jamiyat: ilm va amaliyot” mavzusidagi xalqaro hamkorlar ishtirokidagi IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida “G‘oziyev Ergash G‘oziyevichning O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” kafedrasi mudiri, professor Dilbar Muxamedova ustozning ilmiy faoliyati yuzasidan fikr bildirdi. Shuningdek, M.S.Narikbayev nomidagi Qozoq davlat yuridik universiteti dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha fasafa doktori (PhD) Samekin Adil, tadqiqotchi Gerasimova Madina, talabalar Qanot Adelya, Niyazova Aminalar ishtirok etdi. Konferensiyada soha olimlari, tayanch doktorantlar, amaliyotchilar va talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirokchilar professor Ergash G‘oziyevning O‘zbekistonda psixologiya rivojlanishidagi ahamiyati, ilmiy muvaffaqiyatlari va amaliyotga ta’siri haqida muhokama qildilar.
Davra suhbati doirasida psixologiyadagi zamonaviy muammolar, jumladan, psixik salomatlik va ijtimoiy aloqalar masalalari muhokama qilindi. Konferensiya mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlik o‘rnatish uchun platforma bo‘ldi.
Konferensiya samarali fikr almashish va kelajak uchun rejalar bilan yakunlandi, bu esa psixologiya sohasida davom etuvchi muloqotning ahamiyatini ko‘rsatadi. Faol ishtirok etgan xorijiy mehmonlarga va ishtirokchilarga universitet sertifikati berildi.
O’zMU Axborot xizmati