Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, Fanlar Akademiyasi qoshidagi institut rahbarlari va boshqa oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbirni institut direktori, professor Sharifa Utamuradova ochib berdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Fanlar akademiyasi akademiklari Ramizulla Mo‘minov, Ilhom Sadikovlar so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram munosabati bilan tabrikladilar.
Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi boshlanib, harbiy orkestrlar hamda estrada xonandalarining musiqiy chiqishlari namoyish etildi.






O‘zMU Axborot xizmati