Siz, azizlarni, bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik tantanasi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimiz hamisha tinch-omon, xalqimiz hamisha saodatli-farovon, farzandlarimiz hamisha baxtli-iqbolli bo‘lsin!
Yangi davr – yangi O‘zbekiston bizdan bilimli, shijoatli, yuksak salohiyatli, keng dunyoqarashli vatanparvar yoshlarni tarbiyalashni talab etadi. Fikratiyu tiynati ilm-ma’rifat suvi bilan sug‘orilgan avlodni tarbiyalash orqali ajdodlarimizning ruhini shod etgan, buyuk millatimiz oldidagi burchimizga sodiqligimizni namoyon etgan bo‘lamiz. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz”.
Jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli o‘ttiz ikki yillik tantanasi barchamizga yana bir karra muborak bo‘lsin!
Inom Madjidov,
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori