Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Qozon Federal Universiteti

Qozon Federal Universiteti professorlari O‘zbekiston Milliy Universitetida ma’ruza o‘qimoqda

O‘zbekiston Milliy Universiteti Rossiya Federatsiyasining ko‘plab universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, institutlari, oliy maktablari va tashkilotlari bilan hamkorlik olib boradi va Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universiteti shular jumlasidandir.

2023-yilning 19-oktabridan boshlab Qozon Federal universiteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi Ayrat Gatiatullin, f.f.n. Hakimov Bulat va texika fanlari nomzodi, dotsent Gilmullin Rinat O‘zbekiston Milliy universitetida ma’ruza o‘qishni boshlashdi. Xususan, Qozon Federal Universiteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi Ayrat Gatiatullin tomonidan O‘zbek filologiyasi fakulteti Kompyuter lingvistikasi magistratura mutaxassisligi 1-kurs magistrlari uchun “Korpus lingvistikasi” fanidan ma’ruza darslari boshlandi.

Shuningdek, O‘zbek filologiyasi dekani Muzaffar Chorshanbiyev, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, f.f.d., prof. N.Abduraxmonova, prof. Z.Taxirov hamda QFU dotsenti, f.f.n. Hakimov Bulat va texika fanlari nomzodi, dotsent Gilmullin Rinat  ishtirokida o‘zbek tili va tatar tillarining  kompyuter lingvistikasida olib borilayotgan  ilmiy tadqiqotlarga doir masalalar yuzasidan fikrlar almashildi hamda kelgusida qilinadigan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Qozon Federal universitetining Ta’lim va psixologiya instituti delegatsiyasi O’zMUda

2023  yilning sentabr oyida Qozon Federal universitetining Ta’lim va psixologiya instituti direktori Kalimullin Aydar Minimansurovich va o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Galimov Almaz Mirzanurovich O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova universitning o‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish boshqarma boshlig‘i Voxidjon Topildiyev va O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti dekani Nodir Narziyevlar qatnashishdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘lib, xususan o‘qituvchi kadrlarning  pedogogik va psixologik ko‘nikmalarini yanada oshirish borasida so‘z yuritildi.

Ta’lim va psixologiya instituti direktori Kalimullin Aydar Minimansurovich mutaxassislarning maqola chiqarishda faolligini oshirish, oliy ta’lim tizimidagi zamonaviy va innovatsion o‘qitish usullariga bag‘ishlangan 3 bosqichdan iborat bo‘lgan onlayn malaka oshishirish loyihasini taklif etdi.