Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Rasmiy munosabat

Talabalarning stipendiyalari kechikishi bilan bog‘liq e’tirozlar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, hozirgi kunda 2023/2024 o‘quv yili 1-semestr yakunlari bo‘yicha fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan talabalar uchun stipendiya tayinlanishi to‘g‘risidagi buyruqlar fakultetlar kesimida rasmiylashtirilmoqda. 

Universitet Buxgalteriya bo‘limining ma’lum qilishicha, rasmiylashtirilgan buyruqlar bo‘yicha stipendiya to‘lovlari 2024-yilning 19-mart sanasiga qadar amalga oshiriladi.

O‘zMU Axborot xizmati