Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar va postlarga javoban shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Milliy universitetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday mas’ul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan.

Talabalarning ustozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, salom berishi yoki bermasligi ularning shaxsiy madaniyatiga taalluqli masala hisoblanadi.