Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Milliy universitetdagi sirtqi taʼlim shakliga oid bildirilgan fikr va mulohazalar universitet rahbariyati tomonidan diqqat bilan oʻrganilmoqda.

Sirtqi taʼlimni tanlagan talabalarning aksariyati ish faoliyati bilan band ekani, vaqti cheklangani va bilimni samarali oʻzlashtirishga ehtiyoj yuqoriligi inobatga olinadi. Shu nuqtayi nazardan, oʻquv materiallarini bosqichma-bosqich taqdim etish, fanlarni oʻzlashtirish uchun yetarli vaqt va metodik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash muhim hisoblanadi.

Bildirilgan fikrlarda oʻquv yuklamasi va metodik yondashuv bilan bogʻliq ayrim muammolar qayd etilgan boʻlib, mazkur masalalarni bartaraf etish maqsadida sirtqi taʼlimda oʻquv jarayonini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar uchun sirtqi taʼlimga xos metodik yondashuvlarni kuchaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrib chiqilmoqda.

Milliy universitet talabalarning konstruktiv fikr va takliflarini taʼlim sifatini oshirishda muhim omil sifatida baholaydi va bunday mulohazalar doimiy ravishda eʼtiborda boʻlishini maʼlum qiladi.