Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Reja – Moliya bo‘limi

Sodiqjonov Tursunboy - Boshqarma boshlig'i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

+99871 227-15-24

 


Reja – moliya bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari hamda bo‘lim faoliyatiga oid universitet buyruqlarining bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • Universitetning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Universitetning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va tashkil etilishini amalga oshirish;
  • Universitetning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlanishini ta’minlash;
  • Universitet shtat jadvali tuzilishini ta’minlash;
  • Moliyaviy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha istiqbolli va yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda rahbarlik qilish, nazoratini olib borish hamda ijrosini ta’minlash;
  • Universitet ish faoliyatini ta’minlash uchun ajratiladigan mehnat va pul resurslaridan hamda to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar hisobiga kelib tushgan pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
  • Universitet ishchi-hodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi xujjatlar rasmiylashtirilishida qatnashish;
  • Xo‘jalik shartnomalari va maxsus mablag‘lar smetasi ijrosini doimiy ravishda nazorat qilish va samaradorligini oshirish;
  • Universitet xodimlariga belgilanayotgan lavozim maoshlarining tasdiqlangan razryad va ta’rif koeffitsinetlariga mosligini muntazam ravishda  nazorat qilib borish;
  • Smetada ko‘rsatilgan mablag‘lardan o‘z maqsadlari yo‘lida to‘g‘ri foydalanishni, o‘rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash;
  • Xarajatlar va daromadlar smetasini tuzishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi va Moliya vazirliklari tomonidan   tasdiqlangan namunaviy shtat jadvali asosida professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi, ma’muriy-boshqaruv hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tarkibini tuzish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligiga o‘z vaqitida buxgalteriya balansi hisoboti bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy smetalar va chorak hisobotlarini topshirish;
  • Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalar rasmiylashtirilishida qatnashish;
  • Xodimlarning oylik maoshlarini tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq belgilab borish;