Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Rektor universitet qoshidagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi

25-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitet qoshidagi S.H. Sirojiddinov nomidagi akademik litsey hamda Fizika-matematika maktabida bo‘ldi.

Tashrif davomida avvalo litsey jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ustozlar bilan muloqot qilindi. Mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shu kuni Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi dotsenti Turg‘unboev Farhod Yusupjonovich litsey direktori lavozimiga tayinlanib, jamoaga rasmiy ravishda tanishtirildi.

Litsey oshxonasida zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasida topshiriqlar berildi, shuningdek, sport zallarini rekonstruksiya qilishda ko‘maklashish yuzasidan universitet mas’ullariga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif doirasida rektor Fizika-matematika maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Maktab faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.