Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Rektordan tabrik

Hurmatli Inom Urishevich!

Sizni va Siz boshchiligingizdagi olimlar jamoasini O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida (QS World University Rankings 2025) TOP-1000 universitetlar qatoridan o‘rin egallagani munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Bu yutuq Sizning yetakchiligingiz va universitet jamoasining fidokorona mehnati natijasi ekanligi shubhasizdir. Universitetingizning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish, obro‘sini oshirish, ilm-fan va ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq.

Bu esa, respublikamiz ta’lim tizimining yuksalishiga, kelajak avlodlarning faxr tuyg‘usi ila bilimli va yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishiga hamda yurtimizdagi boshqa universitetlarning bu yo‘ldan yurishiga zamin yaratadi.

Fursatdan foydalanib kelgusidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar hamda ilm-fan va ta’lim sohasida jamoangiz bilan bundanda yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshman.

Hurmat bilan,

Abduqodir Toshqulov,
Termiz davlat universiteti rektori,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor