Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Rektorga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Universitetning birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev O‘zMU rektoriga biriktirilgan Olmazor tumanidagi “Abu Bakr Shoshiy” hamda “Hazrati Imom” mahallalaridagi yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar egallashi, IT, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda turli ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq masalalarda universitet tomonidan ko‘mak berishi ta’kidlandi.

Ehtiyojidan kelib chiqib, rektorga biriktirilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam, tikuv mashinalari va boshqa zarur jihozlar taqdim etildi.

O’zMU Axborot xizmati