Renmin universiteti

Xitoy Xalq Respublikasining Renmin universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy Universitetida

O‘zbekiston Milliy Universiteti Xitoy Xalq Respublikasi universitetlari bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik olib boradi va ushbu davlat universitetlari bilan ko‘plab memorandumlar imzolangan. Ushbu hamkorliklar doirasida universitetlar o‘zaro fikrlar almashib, qo‘shma-ta’lim dasturlari va ilmiy ko‘nikmalarni hamkorlikda rivojlantirish maqsad etib etib qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik doirasida 2023-yil 23- oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Renmin universiteti delegatsiyasi O’zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurishdi.

 Delegatsiyani O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori Inom Madjidov, Tashqi Ishlar Vazirligi vakili Doniyor Qurbonov va Uslubiy ta`minlash va ta`lim sifatini nazorat qilish bo`yicha prorektor Ravshan Musurmonovlar kutib olishdi.

 Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ikki universitet o‘rtasida ilm va texnologiya ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma diplom loyihalari yaratish. Shuningdek uchrashuv davomida yuqori sifatdagi xalqaro forumlar tashkil qilish hususida takliflar o‘rtaga tashlandi.

Ushrashuv yakunida Renmin nomidagi Xitoy milliy universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.