Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

«Rosatom kvant texnologiyalari» akademiyasining O‘zMUga tashrifi.



Joriy yilning 23 aprel kuni «Rosatom kvant texnologiyalari» akademiyasining Xalqaro bo‘lim boshlig‘i  A.G.Kocharova hamda mazkur loyihaning MDH bo‘yicha boshlig‘i   V.N.Kushakovalar O‘zMUga tashrif buyurdilar.

Delegatsiya aʼzolari Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor R.Shirinova, Taʼlim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i N.Narziyev, Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i U.Oxundadayev, Fizika fakulteti dekani G‘.Eshonqulov va boshqa masʼul xodimlar tomonidan kutib olindi.

Maʼlumki, mazkur akademiya nodavlat notijorat tashkiloti-2012-yilda xodimlarning salohiyatini to‘laqonli ochib berish va korporativ madaniyatni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu akademiya, professional va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha taʼlim dasturlarni o‘z ichiga oladi hamda yoshlar uchun o‘quv kurslari va AES mutaxassislari uchun xalqaro treninglarni tashkil etadi.

Uchrashuvda tomonlar  Kvant texnologiyalarini rivojlantirish sohasida Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish, akademik hamkorlik va almashinuv dasturlari (amaliyotlar, stajirovkalar), shuningdek, «ROSATOM kvant texnologiyalari» yo‘nalishi bo‘yicha oliy taʼlim dasturlariga ajratilgan kvotalar, qo‘shma tadbirlar (seminarlar, konferensiyalar, kolokviumlar va boshqalar) yuzasidan muzokaralar olib borish, ilmiy va ilmiy sohalarga yaqin yo‘nalishlarda birgalikda grantlar, loyihalar ustida ishlash kabi masalar xaqida so‘z olib bordilar.

Shuningdek, liderlik va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy qayta tayyorlash, raqamli transformatsiya, yoshlar uchun taʼlim va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kurslar kabi asosiy yo‘nalishlar va dasturlar borasida fikr yuritildi.

Uchrashuv so‘ngida, masʼullar hamkorlikning keyingi rejalari haqida kelishib olishdi


Xalqaro aloqalar bo’limi