2022 yilda xalqaro va respublika miqyosda o‘tkazilgan anjumanlar haqida ma’lumot
1.2022 yil 22 aprelь kuni O‘zMU Biologiya fakulьtetida “Butunjaxon er kuni” munosabati bilan “Er resurslari va bioxilma-xillikni barqaror boshqarish” SERBEMA-2022 mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda 180 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 75 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda hozirgi kunda insonning farovon turmush tarzini ta’minlashda xizmat qilib kelayotgan er resurslarini asrash, ulardan samarali foydalanish, qayta tiklash bo‘yicha xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalar muhokma qilindi.
Anjumanning 150 dan ortiq ilmiy maqolarlari asosida olingan muhim ilmiy natijalarni xalqaro ilmiy jurnallarda, xususan, Scopus bazasidagi “IOP Conference Series: Earth and Environmental Science” konferentsiya to‘plamida nashr qilish belgilab olindi.
- 2022 yil 29 aprelь kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulьtetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 20 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi.
Fan va ta’lim. Dunyoda kechayotgan jarayonlar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning inson kamoloti, turmush tarzi, ma’naviy hayotiga ta’siri, dunyoqarashning o‘zgarishi bilan bog‘liq omillarning nazariy, amaliy jihatdan tadqiq etish, ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, qolaversa, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda erishilayotgan so‘nggi natijalarni muhokama qilindi, ularni muvofiqlashtirish, yoshlarni sohaga jalb etish va ularni fanning yangi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirish hamda bu sohada chet ellik mutaxassislari bilan fikr almashildi.
Anjumanning 110 dan ortiq to‘plamlari nashr qilindi.
- 2022 yil 17 may kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulьtetida “O‘zbekistonda falsafa tarixi maktabi va uchinchi renessans” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazildi.
Anjumanda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 20 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi.
Xalqaro doirada o‘tkazilgan ushbu anjumanda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan mutaxassislar ishtirok etib, ularni muvofiqlashtirish, yoshlarni sohaga jalb etish va ularni fanning yangi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirish hamda bu sohada chet ellik mutaxassislari bilan fikr almashildi. Anjumanning 100 dan ortiq to‘plamlari nashr qilindi
- 2022 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Koronavirus COVID-19, biologiyasi, etiologiyasi va fiziologiyasi” mavzusidagi xalqaro konferentsiya o‘tkazildi.
«Koronavirus COVID-19, biologiyasi, etiologiyasi va fiziologiyasi» ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirokchilar soni 104 tani, shundan xorijiy ishtirokchilar 12 tanitashkil etdi. Halqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada 20 ga yaqin OTM va ilmiy tashkilotlaridan professorlar, yosh olimlar, doktorant, magistr, talabalar ishtirok etishdi:
- 2022 yil 18 mart kuni O‘zMU Xorijiy filologiya fakulьtetida “Zamonaviy filologik paradigmalar: an’analar va innovatsion yondashuvlarning o‘zaro ta’siri II” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda 191 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 9 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi.
Xalqaro konferentsiyani o‘tkazish va etakchi ilmiy markazlari, mutaxassislarimizning ilmiy natijalarini muhokama qilish, ilm-fan sohasida, ayniqsa, qiyosiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida axborotlarni himoyalash sohalaridagi ilmiy izlanishlarni yangi yuqori pog‘onaga olib chiqish.
Anjumanning 150 dan ortiq to‘plamlari nashr qilindi.
- 2022 yil 10 may kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulьteti “Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mobilь ilova yaratish” loyihasi doirasida “Shaxsni rivojlantirishda inklyuzivlikni ta’minlash masalalari: dolzarb tadqiqotlar va forsayt loyihalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda 55 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 5 nafari xorijiy mamlakatlardan zoom orqali ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida inklyuziv jamiyatni shakllantirishga doir zamonaviy masalalar ko‘rib chiqildi va bu borada forsayd loyihalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish jihatlari tahlil qilindi., ulardan samarali foydalanish va xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalar muhokama qilindi.
Anjumanning 100 ga yaqin materiallar to‘plam shaklida chop etildi..
7. 2022 yil 21-22 aprelь kunlari O‘zMU Matematika fakulьtetida yosh matematiklarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilish va rag‘batlantirish maqsadida doirasida “Matematika, mexanika va intellektual texnologiyalar” mavzusidagi yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkazildi.
Anjumanda 115 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishdi.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida zamonaviy matematikaning eng dolzarb masalalari muhokama qilindi va yosh matematik olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari tinglandi.
Anjumanning 130 ga yaqin materiallar to‘plam shaklida chop etildi.
- 2022 yil 23-24 aprelь kunlari O‘zMU Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va echimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida Jismoniy tarbiya va sport marketingining jamiyatdagi axolining barcha katlamlarini sog‘lomlashtirishdagi o‘rni va axamiyati uni shakllantirishga doir zamonaviy masalalar ko‘rib chiqildi va bu borada forsayd loyihalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish jihatlari tahlil qilindi., ulardan samarali foydalanish va xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalar muhokama qilindi.
Anjumanning 100 dan ortiq to‘plamlari nashr qilindi.
- 2022 yil 10-11 may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida “Markaziy Osiyoda diasporalarni rivojlantirish-barqaror rivojlanishning muhim omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda 8 ta davlat (Ozarbayjon, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polьsha, Tojikiston)dan 30 nafar olimlar, tadqiqotchilar, turli darajadagi mutaxassislar hamda 70 dan ziyod respublikaning taniqli olimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy mamlakatlarning diasporologiya sohasidagi ilmiy-nazariy va uslubiy tajribasini o‘rganish, mintaqa xalqlari o‘rtasida tolerantlik tuyg‘usini targ‘ib etishga ko‘maklashish, Markaziy Osiyo xalqlari orasidagi diasporalarning tarixi va bugungi kunini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotda tutgan o‘rnini e’tirof etish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikning “o‘zbek modieli”ni tadqiq etishda xorijiy malakatlar ilmiy hamjamiyatlarini birlashtirishdan iborat. Tadbirda ilmiy-akademik ma’ruzalar tinglandi, amaliy chora-tadbirlar belgilandi, Markaziy Osiyoda diasporologiya bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.