15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

Behbudiyning 145 yilligi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida ma’rifatparvar alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy kechaga O‘zbekiston Milliy universiteyeti jurnalistika fakulteti o‘zbek fillologiyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Hamidulla Boltaboyev, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Hojiyevalar ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Tadbirda Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Hujjat filmda filologiya fanlari doktori, professor, taniqli adabiyotshunos olim Begali Qosimov ishtiroklari asosida tayyorlangan bo‘lib, barchada chuqur taassurot qoldirdi. Undan tashqari taniqli adabiyotshunoslar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi. Taniqli xonanda va sozandalarning kuy – qo‘shiqlari tinglandi.

O‘zMU Axborot xizmati