Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi muzeyi

Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi muzeyi vakillari O'zMUda

Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi muzey direktori Gjekoj Berend, muzeyning taʼlim va tadqiqot boʼlimining bosh mutaxassisi Dmitriy Panto hamda Belostok shahridagi Sibir xotirasi muzeyining direktori Voytsex Sleshinskilardan iborat Polsha delegatsiyasi 2023 yil 4 fevral kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad ikki tashkilot oʼrtasida hamkorlik o'rnatish, shuningdek, Polsha-Oʼzbekiston tarixchilar komissiyasini tuzish uchun potensial hamkorlarni izlash, shuningdek, umumiy ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ilmiy faoliyat yuzasidan bildirilgan tashabbuslarga yordam berish va qoʼllab-quvvatlashdan iborat.

Uchrashuv natijalari:

1. OʼzMU va Polsha Ikkinchi jahon urushi muzeyi oʼrtasida hamkorlik memorandumini tuzish;

2. OʼzMU huzuridagi “Millatlararo totuvlik va bagʼrikenglik” ilmiy markazi, tarix fakulteti jamoasi hamkorligida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilish, xalqaro monografiyalar yaratish, ilmiy maqolalarni har ikkala davlatlar jurnallarida nashr etish;

3. Xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish;

4. Talabalar akademik mobilligi boʼyicha kelishuvlar olib borish.