Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Gunma universiteti

2023-yil 8-fevralda O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiyaning Gunma universiteti professori Yutaka Shikano fizika fakulteti talabalariga "Visualizing Quantum States through Quantum Measurement" mavzuida seminar o‘tib berdi. Olim o'z maʼruzasida kvant holati baholaganda, odatda kvant holat tomografiyasidan foydalanilishi, kvant holatini tasavvur qilish uchun yangi g‘oyani taklif qilinganligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Yutaka Shikano xalqaro aloqalar bo‘limiga ham tashrif buyurib universitetlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, uning ahamiyati va olimlarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.