Kimyo va texnologiyalar universiteti
Chexiyaning kimyo va texnologiyalar universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi vakillari O'zMUga tashrif buyurdi.
2022 yilning , 5 dekabr kuni Chexiyaning kimyo va texnologiyalar universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi vakillari Milosh Krejchi va Mariye Chajdova O‘zMUga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xususida muzokara olib borildi. Shu bilan birga, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, ilmiy loyhalarda ishtirok etish, talabalar almashinuvi va yozgi maktablarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Innovatsion loyiha menejmenti yo‘naliishida qo‘shma taʼlim dasturi tashkil etish ishlarini boshlashga kelishib olinda. Keyingi uchrashuvlarda muhokama qilish uchun o‘quv dasturlari almashinildi.