Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Maktab va oliy taʼlim muassasasi integratsiyasi

Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Milliy universiteti bugungi kunga kelib maqsadli kadrlar tayyorlash va maktab oʼquvchilarning imkoniyat va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni sohaga yoʼnaltirish boʼyicha qator tizimli ishlarni rejalashtirgan. Jumladan, OTM biriktirilgan tuman maktablarida ham yoshlarni universitetdagi mavjud yoʼnalishlar bilan tanishtirish va ularni kelgusida kasb tanlashlari uchun yetarli axborot berish uchun ochiq muloqotlar, mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 14 aprelь kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 61-son umumtaʼlim maktabida mazkur tumanning 23-son va 227-son umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʼquvchilari va maktab oʼqituvchilari bilan Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti vakillari ishtirokida “Maktab va oliy taʼlim muassasasi integratsiyasi” shiori ostida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda Oʼzbekiston Milliy universiteti rahbariyati, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-oʼqituvchilari ishtirok etishdi. Maktab bitiruvchilariga universitet tarixi, taʼlim jarayonlari, yoʼnalishlari hamda talabalar hayotida aks etgan oʼzbek va rus tillarida videoroliklar namoyish etildi. Bitiruvchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Shuningdek, universitet professor-oʼqituvchilari tomonidan umumtaʼlim maktab oʼqituvchilari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va amaliy psixologiya fanlaridan mahorat darslari (master-klasslar) tashkil etildi.