Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Nyu Mexiko universiteti

AQSHning Nyu Mexiko universiteti professori O‘zMUda

2023 yilning 1 fevral kuni AQSHning Nyu Mexiko universiteti professori Gregory Gleson O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda universitetning Siyosatshunoslik taʼlim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari ham qatnashidalar.

AQSHlik professor taklifdan mamnun ekanligini hamda uning O‘zMUga ilk bor tashrifi unda juda iliq taassurot qoldirganligini bildirib o‘tdi. Uchrashuv davomida tadqiqotchi va talabalar tomonidan xalqaro munosabatlarning hozrgi kundagi dolzarb mavzularga doir berilgan savollariga professor o‘zining nuqtai nazari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv so‘ngida professor Gregory Gleson mehmon maruzachi sifatida O‘zMUda dars mashg‘ulotlari olib borishga hamda O‘zMU professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.