15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

O‘zMU talabalari 100% an’anaviy ta’lim jarayoniga qaytdi

Respublika komissiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi yigʼilishining qarori, Sogʼliqni saqlash vazirligi va Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining qoʼshma qarori, shuningdek, Oliy taʼlim muassasalari rektorlariga yuborilgan 07-1-234-sonli yuborilgan topshiriq xati asosida OʼzMU rektori tomonidan 09.01.2021 yilda chiqarilgan №01-15 sonli buyruqqa muvofiq, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida 2021 yil 11 yanvardan boshlab oʼquv jarayoni barcha kurslarda anʼanaviy shaklga oʼtkazildi.

Universitetda oʼquv jarayonini epidemiologik xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilgan holda:

  • bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarining 1 va 3-kurs talabalari uchun oʼquv jarayoni 11.01.2021 yildan (1-smenada) soat 9:00 dan boshlab;
  • bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarining 2 va 4-kurs talabalari uchun oʼquv jarayoni 11.01.2021 yildan (2-smenada) soat 14:00 dan boshlab;
  • bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari kechki boʼlimining barcha kurs talabalari uchun oʼquv jarayoni 11.01.2021 yildan kechki soat 18:00 dan boshlab;
  • magistratura mutaxassisliklarining 1 va 2 bosqich talabalari uchun oʼquv jarayoni 11.01.2021 yildan soat 9:00 dan boshlab;
  • bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari sirtqi boʼlimining barcha kurs talabalari uchun oʼquv jarayonlari belgilangan grafik asosida anʼanaviy shaklda tashkil etilishi belgilandi.
  • Universitet oʼquv binolari hamda talabalar turar joylarida “Tibbiyot punkti” va izolyatsiya maqsadlarida “Qizil hudud”- izolyator tashkil etish ham koʼzda tutilgan.

Talabalarni turar joylari bilan taʼminlash boʼyicha eslatma!!!

Talabalar turar joylariga Viloyatlardan kelgan talabalarni taqsimlash va joylashtirish Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 01.11.2019 yildagi №1019-son buyrugʼi asosida 02.12.2019 yilda OʼzMU rektori tomonidan chiqarilgan №01-989-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Talabalar turar joylari toʼgʼrisida”gi hamda “Talabalar turar joylari ichki tartib qoidalari toʼgʼrisida”gi Nizom talablari asosida har bir fakulьtetda tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joylariga joylashtirishda mavjud oʼrinlardan ehtiyoj va talab yuqori boʼlgan holatlarda quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida talabalar ustunlikka ega boʼladi:

  • Chin yetim talaba (kursidan qatʼiy nazar);
  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari;
  • Nogironligi mavjud talabalar (kursidan qatʼiy nazar);
  • Talaba qizlar;
  • Ijtimoiy himoyaga muxtoj, moddiy ahvoli ogʼir talabalar (Ijtimoiy himoyaga muxtoj oila yoki oila farzandi ekanligini tasdiqlovchi xujjat asosida (Masalan “Temir daftar”, “Sahovat va koʼmak” daftari “Yoshlar va ayollar” daftari va b);
  • 1-kurs talabalari;
  • Xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar;
  • Yoshlar ittifoqining faollari;
  • Xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan talabalar;
  • Talabalar turar joyidagi doimiy ravishda talabalar Kengashi raisi, eng faol qavat sardori va iqtidori, qobiliyati bilan doimiy ravishda universitetda faollik koʼrsatib kelayotgan talabalar. Eslatma: Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti talabalarini oʼzining ichki imkoniyat va resurslaridan kelib chiqqan holda turar joy bilan taʼminlash masalasini har bir fakulьtetlar kesimida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan koʼrib chiqiladi.

OʼzMU Аxborot xizmati