Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Potsdam iqlim tadqiqotlari instituti

Germaniyaning Potsdam iqlim tadqiqotlari instituti mutaxassisi O'zMUda

Ma'lumki, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Germaniyaning bir qator oliy ta'lim muassassalari bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi. Shulardan biri, Potsdam iqlim tadqiqotlari instituti bilan O'zMUning gidrometeorolog olimlari uzoq yillik hamkorlik olib borishmoqda.

O'zbekiston-Germaniya ilmiy tadqiqotlar doirasida bajarilayotgan "O'zbekistonda iqlim o'zgarishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va aholi salomatligi" mavzuidagi loyiha koordinatori hamda Potsdam iqlim tadqiqotlari instituti professori Yuliy Didovets ushbu hamkorlik doirasida O'zMUga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda, O'zMU xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Raima Shirinova, Gidrometeorologiya fakulteti dekani Komiljon Raxmonov hamda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Unda O'zMU va PIK Potsdam xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston Milliy universiteti iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhitni asrashga doir olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari uchun Times Higher Education Impact xalqaro reytingida 2023-yilda SDG-13 iqlim o'zgarishiga qarshi kurash indikatorida #301-400 o'rinlarni egallagan.