15 факультетов. 80 кафедры. 16 совместных образовательных программ. Количество студентов 30 000+. Количество профессоров и преподавателей 2000+. Количество выпускников 200 000+.

Saylov-demokratiya ko‘zgusi

Barchamizga ma’lumki, 2021 yilning 24 oktabr kuni respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlar o‘tkaziladi. Bugungi kunda, mamlakatimizda o‘tkaziladigan siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylov o‘tkazadigan saylov okruglari va saylov uchastkalari tashkil etilgan hamda joylarda targ‘ibot ishlari boshlab yuborilgan.
O‘ZMU Ekologiya fakultetiga Toshkent shahridagi Olmozor tumani “Paxta” MFY biriktirilgan bo‘lib ushbu MFY da saylovga tayorgarlik jarayonlari bilan fakultet dekani R.Allaberdiyev yaqindan tanishdi. Ushbu mahallada 2-ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib 743-saylov uchastakasida 1295 nafar saylovchi hamda 744-saylov uchastkasida 1928 nafar saylovchi ishtirok etadi.

Ayni damda fakultetning jamoasi aholining Sovid-19 ga qarshi vaksina olish jarayonlariga kumaklashmoqda. Saylov jarayonlarini yuqori kayfiyatda tashkil etish borasida mahalla raisi bilan “Bayramda uchrashguncha” shiori ostida tashkiliy ishlar kelishib olindi.

O‘zMU Axborot xizmati