Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

SENАTOR YOSH MАTEMАTIKLАR BILАN UCHRАSHDI

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʼladi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi..” degan chuqur maʼno va mazmunli mulohazasi bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishning asoiy ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Oʼtgan davr ichida matematika ilm-fani va taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamiz oliy oʼquv yurtlariga xorijiy ilgʼor ilmiy markaz­larda faoliyat olib borayotgan vatandosh matematik olimlar taklif qilindi, shu bilan birga xalqaro miqyosda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqotlarning oʼzaro integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Talabalar shaharchasida OʼzR FА V.I.Romanovsiy nomi­dagi Matematika institutining yangi zamonaviy binosi barpo etildi.

2021 yil 20 aprelь kuni Oʼzbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, OʼzR FА V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Аyupov Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurib, Matema­tika fakulьtetining yosh oʼqituvchilari, tadqi­qot­chilari, doktorantlari va iqtidor­li talaba­lari bilan universitetda tobora anʼanaga aylanib borayotgan “Senator - yosh olimlar va iqtidorli talabalar davrasida”deb nomlangannavbatdagi ilmiy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirni OʼzMU rektori Inomjon Madjidov olib bordi. Unda OʼzMU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori Xikmat Saburov, OʼzR FА Matematika instituti direktorining ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Oʼtkirjon Roziqov, “Matematik analiz” kafedrasi professori Аzizjon Vorisov hamda matematika fakulьtetining kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda senator Sh.Аyupov matematika sohasida ishlayotgan yoshlarga taaluqli boʼlgan yangiliklar haqida, OʼzR FА Matematika instituti xuzurida boshlangʼich mablagʼi 5 mlrd. soʼm boʼlgan “Matematika fani va taʼlimini rivojlan­tirishni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi” tashkil etil-gani va bu jamgʼarma xomiyligida turli fan olimpiadalari oʼtkazish, yoshlarni ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini moliyaviy qoʼllab-quvvat­lash ­kabi koʼplab vazifalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Professor Oʼtkirjon Roziqov esa matematika fanining amaliyotda qoʼlla­nishi haqida toʼxtalar ekan, jumladan xozirgi vaqtda GPS-navigatorlar sistemasi Lobachevskiy geomet­riya­siga, Google.com qidiruv tizimi esa ehtimol­lar nazariyasidagi staxostik matritsaga mos Markov zanjir­lariga asoslan­gani haqidagi ilmiy asoslarni qiziqarli misollar bilan tushuntirib berdi.

Tadbir ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga Oʼzbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi Senatori, akademik Shavkat Аyupovdan toʼliq javob olishdi. Uchrashuv qizgʼin bahs va mulohazalarga boy boʼldi.

Ravshanjon OMONOV,

Jurnalistika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari