Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Talabalar turar joylari

Universitet talabalar turar joyi faoliyatiga oid asosiy hujjat «Talabalar turar joyi» to`g`risidagi NIZOM hisoblanadi. Ushbu hujjat Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2005 yil 18 maydagi 107-sonli «Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida milliy istiqlol g`oyasini talabalar ongiga singdirishda ta`lim jarayoni, ma`naviy - ma`rifiy faoliyat va ta`limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risida»gi buyrug`i, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi 11 - sonli “Talaba(o`quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me`yoriy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i asosida ishlab chiqilgan.

Talabalar turar joyi universitet ichki tartib qoidalari nizomi, “Talabalar turar joyi” to`g`risidagi nizom, TTJ “Talabalar kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Hujjatlarning barchasi institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va Talabalar turar joyida mavjud.

Universitet Talabalar turar joyi 2917 o`ringa mo`ljallangan 10 ta binodan iborat bo`lib, hozirda 3650 nafar talaba istiqomat qiladi.

TTJda joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Barcha xonalar qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko`rpa-to`shak, jildlar) bilan ta`minlangan. Bino xududida obodonlashtirish ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Jumladan dekorativ daraxtlar, bir yillik va ko`p yillik gul ko`chatlari ekilgan, daraxt va yo`laklar oqlangan.

Barcha jihozlar soz holatda, sanitariya xolati yaxshi, yong`in xavfsizligi talablariga amal qilinmoqda. O`quv zali, ma`naviyat va ma`rifat xonasi tibbiyot hamda tarbiyachilar xonalari “Talabalar turar joyi” ning birinchi qavatida joylashgan. Oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush har bir qavatning o`ng va chap taraflarida joylashgan.

Har bir qavatda zamonaviy televizorlar bor. “Ma`naviyat va ma`rifat” xonasi jihozlangan. Talabalar turar joyiga oid barcha buyruq va tadbirlar rejalari, shuningdek, talabalar turar joyi hayotiga doir yangiliklar shu erda mavjud me`yoriy hujjatlar va e`lonlar oynasiga joylab boriladi.

Talabalar turar joyida yashaydigan talabalarni vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Buning uchun talaba yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Prorektor tasdiqlagandan so`ng “Talabalar turar joyi” pasportistkasi IIV tomonidan ta`sis etilgan qoidalar asosida talabalarni vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazadi.

TTJlarda talabalar o`z-o`zini boshqaruvini tashkil etish maqsadida faol va jamoatchi talabalardan iborat “Talabalar Kengashi” faoliyat ko`rsatmoqda. Ikki haftada bir marotaba Kengash a`zolarining yig`ilishi o`tkaziladi. Yig`ilishlarda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, talabalarning ichki tartib-intizomga rioya etishi, talabalar turar joyidagi talabalar navbatchiligi, shu erda o`tkaziladigan turli bayramlarga tayyorgarlik kabi masalalar muhokama qilinadi. Shu bilan birga, har bir qavatda "Qavat sardorlari" mavjud.

Universitet talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarga fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovinlari, professor-o`qituvchilar va murabbiylar jalb etilgan. Talabalar turar joyidagi har bir xonaga institut kafedralari mas`ul etib tayinlangan va ular tomonidan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Universitet rahbariyati, talabalar turar joyi ma`muriyati, O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda universitet kafedralari talabalarning istak va hoxishlaridan kelib chiqib turli ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etadi.

Universitet talabalar turar joyida yashovchi talabalar bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va ular orasida sog`lom turmush tarzini tashkil etish maqsadida talabalar turar joyi sport zalida turli sport to`garaklari faoliyat yuritadi. Shuningdek, universitet talabalar turar joyida talabalar istak va takliflaridan kelib chiqqan holda til to`garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, uy hamshiraligi, badiiy havaskorlik kabi to`garaklar tashkil etilmoqda.