Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Varshava universiteti

Polsha Respublikasining Varshava universitetining delegatsiyasi O‘zMUda

2023 yilning 6-iyun kuni Polsha Respublikasining Varshava universitetining Magdalena Markovska boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zMUga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda ilmiy va talabalar almashinuvi sohasida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishsh xususida fikrlar almashildi.

Xususan, hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va yangi ilmiy hamda fundamental grantlarda ishtirok etishga kelishilib olindi.

Shu bilan birga joriy yilda O‘zMUda tashkil etiladigan xalqaro yozgi maktabga Varshava universiteti talabalari ham qatnashish uchun taklif etildi.

Uchrashuv so‘ngida anglashuv memorandumining muddati tugayotganligi sababli uni yangilash va uchrashuvda kelishilgan yo‘nalishlarni yangi memorandumga kiritishga kelishib olindi.