O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish hamda tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqandga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida talabalar buyuk tarix va madaniyat markazi bo‘lgan Samarqandning eng mashhur tarixiy obidalari va muzeylarini ziyorat qilishdi. Talabalar Samarqandning betakror tarixi, ajoyib me’morchiligi va madaniy boyliklari bilan tanishib, ulkan taassurotlar oldilar.
Sayohat davomida milliy turizmni rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish muhimligi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Yoshlar sayohatdan katta zavq olishdi, ko‘plab yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari ichki turizmni rivojlantirish, milliy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lida hissa qo‘shishda davom etadi!
O‘zMU Axborot xizmati