Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Samarqandda rektorlar forumi o’tkazilmoqda

Samarqandda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari va professor oʻqituvchilari ishtirok etmoqda. Shu jumladan, ushbu nufuzli anjumanda O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov ham qatnashmoqda.



Forumni Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Qirgʻiziston oliy taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva ochib berdi. Forum ikki kun davom etadi. Unda ikki tomonlama samarali hamkorlik bitimlari imzolanishi kutilmoqda.