Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 22-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimtsev boshchiligidagi delegatsiya Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan o’quv ishlari bo’yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Yoqub Ergashоv boshchiligidagi vakillar hamkorlik doirasida fikr almashishdi.

Xususan, ikki universitet professor-o’qituvchilarini ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb qilish orqali hamkorlikda qo’shma loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillik doirasida malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etish, hamkorlikda kitoblar va o’quv qo’llanmalar chop etish, talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish hamda birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish kabi takliflar bildirildi. 

Ushrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

O‘zMU Axborot xizmati