Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori O‘zMU magistrantlariga ma’ruza o‘qidi

Dunyoning Top 100 tilshunoslari qatoridan joy olgan olima, Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori Valeria Yevgeniyevna Cheryayevskaya Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universitetiga kelib ma’ruza o‘qidi.

Rossiyalik tilshunos matn lingvistikasining asosiy tendensiyalari, tarjimadagi muammolar hamda o‘zining ilg‘or ilmiy ishlari bo‘yicha “Lingvistika (ingliz tili)”, “Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” mutaxassisligi magistrantlariga “Matn lingvistikasi” fani doirasida o‘z tajribasi va bilimlarini bo‘lishdi.

“Текст как единица коммуникации и единица перевода. Основные тенденции лингвистики текста” deb nomlangan mazkur ma’ruzada fakultet professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va doktorantlar ham ishtirok etdi.

Professor V.Y. Chernyayevskaya dunyoning ko‘plab universitetlarida o‘zining ma’ruzalari bilan qatnashib keladi. Ma’lumki, tilshunos mutaxassislar professor V.Y. Chernyayevskayaning ilmiy ishlarini alohida e’tirof etib, u yaratgan ilmiy maktabni matn lingvistikasi bo‘yicha eng yaxshi maktablardan deya tan olishgan.

Ma’ruza yakunida professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, doktorant va yosh olimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va mulohazalarini bildirishdi.

O‘zMU Axborot xizmati