Joriy yilning 17-dekabr kuni Scopus, Web of science ma’lumotlar bazasi va ulardagi jurnallarda maqola nashr qilish konikmasini oshirish maqsadida Taekvondo va sport faoliyati hamda Iqtisodiyot fakultetlari professor-o’
qituvchilari va yosh olimlari uchun seminar-trening otkazildi. Seminar-treningda ishtirokchilar Scopus, Web of science ma’lumotlar bazasi va ulardagi jurnallarda maqola nashr etish uchun tizimli yondashuv, maqolalarga qo
yilgan talablar hamda maqolalarni chop etishda nimalarga e’tibor berish kerakligi tog
risida atroflicha ma’lumotga ega boldilar. Shuningdek, ishtirokchilar o
‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
O`zMU Axborot xizmati