Ma’lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
❗️Super-kontrakt narxlari-2024 (yo’nalishlar kesimida)
Mazkur faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.
✅ Ayrim tartiblar:
• umumiy qoidaga ko’ra, super-kontrakt narxi bazaviy stipendiyasiz kontrakt narxidan olinadi;
• moliyaviy mustaqillik berilgan va bazaviyga qaraganda qimmatroq kontrakt miqdori belgilagan oliygohlarda super-kontrakt narxi o’sha qimmatroq kontraktdan olinishi mumkin;
• ammo moliyaviy mustaqillik berilgan deyarli hamma oliygoh (1-2 ta istisno), 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxini o’zlari belgilagan qimmat narxda hisoblayapti, 4 balldan ko’proq yetmaganlar uchun esa bazaviy kontrakt narxida hisoblayapti.
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.