Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Bugun, 10-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Universiteti foyesida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshchiligida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari, talabalar tomonidan davlat madhiyasi jo‘r bo‘lib kuylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 32 yilligi bilan barchani muborakbod etdi. Madhiyaning davlatchilikdagi o‘rni, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati, madhiyamizning yaratilishi bilan bog‘liq xotiralarni so‘zlab berdi.