Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sotsiologiya kafedrasi

Zaitov Elyor Xolmamatovich – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998999821266; +998909001266

 E-mail: zaitov1987@ mail.ru , zaitov@nuu.uz


Sotsiologiya kafedrasi mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari ichida yetakchi vazifasini bajarib, ulardagi sotsiologiya bo‘limlariga, kafedralariga va sotsiologlarga ilmiy-metodik va amaliy jihatdan yordam ko‘rsatib kelmoqda. Kafedrada 20 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirildi, qator monografiyalar va ilmiy qo‘llanmalar chop etildi. Hozirgi kunda yana 10 ta fan nomzodi va 8 ta fan doktori bo‘yicha dissertatsiyalar himoyaga chiqmoqda.

Jumladan, 2022 yilda:

  1. Impakt faktorli xorijiy jurnallar (Scopus) – 16 ta
  2. OAK jurnallari – 34 ta
  3. Xalqaro konferensiya – 10 ta
  4. Respublika konferensiyalari – 14 ta

Sotsiologiya kafedrasi O‘zbekistondagi barcha Sotsiologiya kafedralari va markazlari, jumladan, Ijtimoiy fikr Markazi, Madaniyat instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan keng ilmiy aloqasini olib bormoqda.

“Sotsiologiya” kafedrasida asosiy shtatda 16 ta professor o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi 17 shtat birligida. Shu jumladan, 4 ta fan doktori, 3 ta sotsiologiya fanlari nomzodi, 3 ta sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, 5 ta o‘qituvchi, 1 ta o‘qituvchi-asistent; ichki o‘rindoshlik asosida 4 ta o‘qituvchi, tashqi o‘rindoshlik asosida 2 ta o‘qituvchi faoliyat olib borishadi.Kafedraning ilmiy salohiyati-62,5%. Umumiy soatlar hajmi-14690 soatni tashkil qiladi.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Sotsiologiya Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
Umumiy sotsiologiya5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 1 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Ijtimoiy antropologiya5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 1 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Yoshlar sotsiologiyasi          5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 1 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Umumiy sotsiologiya5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 2 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Mehnat sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 2 kurs o‘zbek va  rus guruhi talabalari uchun
Ijtimoiy statistika5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 2 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodikasi va texnikasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 2 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Tashkilot va boshqaruv sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 2 kurs o‘zbek va  rus guruhi talabalari uchun
Vaqt menejmenti5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 2 kurs o‘zbek va  rus guruhi talabalari uchun
Sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodikasi va texnikasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 3 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Iqtisodiy sotsiologiya5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 3 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish usullari5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 3 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Ijtimoiy siyosat5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 3 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Fan va ta’lim sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Shahar va qishloq sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Din sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Oila va gender sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 1 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Sotsial boshqaruv5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Huquq sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Tibbiyot sotsiologiyasi5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Harbiy sotsiologiya5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun
Sotsial gerontologiya5210100 – Sotsiologiya yo‘nalishi 4 kurs o‘zbek va rus guruhi talabalari uchun

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
 Kalanov K.K.Sos.f.n., prof.O‘zbekistondagi muqaddas joy va ziyoratgohlarning sotsiomadaniy xususiyatlari
 Xusanova X.T.Sos.f.n., dotsentO‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining konseptual asoslari va innovatsion tendensiyalari
 Alikarieva A.N.Sos.f.n., dotsentOliy o‘quv yurtlarida sifat menejmenti tizimini rivojlantirishning innovatsion
 Nematova D.T.Katta o‘qituvchiInson kapitali tadbirkorlikni rivojlantirish faktori sifatida
 Isropilov M.BO‘qituvchiO‘zbekistonda Yoshlar tashkilotlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishda PR texnologiyalar
 Olimov F.X.Katta o‘qituvchiInson kapitali tadbirkorlikni rivojlantirish faktori sifatida
 Fayzieva F.B.DoktorantO‘zbekistonda amaliy sotsiologik tadqiqotlarning samaradorligini oshirish mexanizmlari

Iqtisodiyot sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari

  1. Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘limi tassarufidagi 1, 28, 46, 219, 234, 243 maktablar 11-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish mavzusida №16/05-1 sonli xo’jalik shartnomasi.
  2. Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘lim maktablarining bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish mavzusida №16-08/2022 sonli xo’jalik shartnomasi.
  3. Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘lim maktablarining bitiruvchi 10-11-sinf o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ijtimoiy kayfiyatini kompleks o‘rganish mavzusida №23-10/2022 sonli xo’jalik shartnomasi.
  4. Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘lim maktablarining bitiruvchi 10-11-sinf o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ijtimoiy kayfiyatini kompleks o‘rganish mavzusida №23-12/2022 sonli xo’jalik shartnomasi.

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Kafedraning hamkorlik aloqalari:

“Sotsiologiya” kafedrasi tomonidan quyidagi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan:

a) AQSh ning “West Georgia” universiteti,

b) Ispaniyaning San Pablo universiteti,

c) Xitoyning “Syan” universiteti,

d) Tyumen davlat universiteti “Общая и экономическая социология” kafedrasi.

e) Oltoy Texnika universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi.

f) Markaziy Osiyoni tadqiq qilishi instituti.

k) L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy Universiteti bilan

l) Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti bilan.

n) L.J.Balasagin nomidagi Qirgʻiziston milliy universiteti

2. Dos. Xusanova X.T. tashabbusi bilan:

a) Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi”da faoliyat olib borildi .

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti buyurtmasi asosida faoliyat olib borildi.

c) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish Agentligi buyurtmasi asosida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha va yoshlar ishlari bo‘yicha mutaxassislarning malaka oshirish kurslari bilan aloqa o‘rnatildi

d)“Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti bilan aloqa o‘rnatildi.

3. Ne’matova D.T. tashabbusi bilan:Toshkent turk litseyi “Sotsial fanlar” bo‘limi bilan hamkorlik o‘rnatildi.

4. Axmedova F.M. tashabbusi bilan: “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi. Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan aloqa o‘rnatildi.

5. Aliqoriyeva A.N., Jiyanmuratova G.Sh., Xusanova X.T., Sabirova U.F., Axmedova F.M., Fayziyeva F.B. Rossiya (VSIOM) va O‘zbekiston (Ijtimoiy fikr markazi) sotsiologlarining xalqaro maktabi a’zosi.

6. Axmedova F.M., Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi IL-402104450-sonli “Tijorat banklarida valyuta ayirboshlash jarayoniga mijozni identifikatsiya qilish maqsadida “Touch id” tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihaning ilmiy-ijodiy guruh a’zosi

Kafedra oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb hunar kollejlari va boshqalar bilan hamkorlik qilishdao‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga alohida e’tibor qaratilgan va shartnoma bandalarida qayd etilgan. Talabalarning amaliyot o‘tashlari ham shartnoma bandalarida belgilangan.

Hamkorlik shartnomalariga asosan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb xunar kollejlari bilan bir qator tadbirlar tashkil etilgan. O‘zMU qoshidagi akademik litseylarda, kollejlarida davra suhbatlari va ma’ruzalar tashkil etilgan.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

“Sotsiologiya” ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabasi Hamrayeva Vasila Mirzoxid qizi dotsent X. Xusanovaning ilmiy rahbarligida “Yil talabasi-2022” Respublika ko‘rik tanlovining universitet bosqichida “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimdon talabasi” nominatsiyasida 2-o‘rinni egalladi.

Patentlar, guvohnomalar, litsenziyalar

  1. Xolbekov A.J., Parmanov F.Ya. Guvohnoma№005142. “Boshqaruv sotsiologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi uchun. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi. Reestrga 2022 yil 14 oktyabrda №005142 raqam bilan kiritilgan.
  2. Xusanova X.T., Tagieva G. Guvohnoma №005750. “Oila va gender sotsiologiyasi” nomli darslik. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi. Reestrga 2022 yil 27 dekabrda №005750-raqam bilan kiritilgan.

Kafedra tarkibi

  1. Zaitov Elyor Xolmamatovich – kafedra mudiri, dots.PhD ( zaitov1987@ mail.ru)
  2. Aliqoriyev Nuriddin Safayevich- prof., i.f.d. (aliqoriev@ya.ru)
  3. Ubaydullayeva Raisa Tursunovna- prof., c.f.d. ( u.raisa@mail.ru)
  4. Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich – prof., c.f.d. (abdullajon_23@mail.ru)
  5. Sabirova Umida Farxadovna- dots., c.f.d sabirova4421@mail.ru
  6. Kalanov Komil Kulaxmatovich – prof., c.f.n. (komiljon@yandex.ru)
  7. Xaydarov Abror- dots., f.f.d  (a khaydarov1954@ mail.ru)
  8. Aliqoriyeva A’loxon Nuriddinovna – dots., c.f.n.(alohon@mail.ru)
  9. Xusanova Xayriniso Tayirovna dots., c.f.d (xusanova@mail.ru)
  10. Jiyanmuratova Gulnoz Sherbo‘tayevna- dots.PhD( gul8070@ya.ru)
  11. Axmedova Feruza Medetovna – dots.PhD (farihon72@mail.ru)
  12. Akramov Xusan Furkatovich- dots.PhD ( akramov11@mail.ru)
  13. Axmedov Nodir Xatamovich- dots.PhD ( axmedov1010@gmail.com)
  14. Olimov Furqat Xoshimovich – k. o’kituvchi (yetakchiuz@gmail.com)
  15. Ne’matova Dilfuza Tulanbayevna- k. o’kituvchi (dilfuzanematova@gmail.com)
  16. Isropilov Murodjon Baxodir o‘g‘li – o’kituvchi( isropilov.m.nu.@mail.ru)
  17. Ernazarov Bexzod Olloberganovich- o’kituvchi ( bekzodxorazm1991@mail.com)
  18. Toshqulov Xurshid Yusufovich –  o’kituvchi (toshkulov.x.nuu@mail.ru)
  19. Karimova Farida Tairovna – k. o’kituvchi (f.karimova@mail.ru)

Kafedrada ilmiy laboratoriya mavjud bo‘lib, “Ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish, tadqiq etish va tahlil qilish” mavzusida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.