Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

SPACECOM va NICOPA loyihalari doirasida “SMALL SATELLITE SYSTEM ENGINEERING TRANING” mavzusidagi uch kunlik mahorat darslari o‘tkazildi.

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021 yil29-31 mart kunlari Erasmus+ dasturining SPACECOM (Kosmiktizimlarvaaloqatexnikalaribo‘yichayangio‘quvdasturlari) va NICOPA (Aniq qishloq xo‘jaligini yuritishda yangi innovatsion kurslar) loyihalari doirasida » SMALL SATELLITE SYSTEM ENGINEERING TRANING (Kichik sun’iy yo‘ldosh tizimlarini loyihalashtirish kursi)» mavzusidagi uch kunlik mahorat darslari o‘tkazildi.

Mahorat darslari Berlin Texnika universiteti qoshidagi EXOLAUNCH GmbH kompaniyasi ilmiy xodimi Daria Stepanova tomonidan olib borildi. Tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Farg‘ona politexnika instituti xodimlari qatnashishdi.

O‘tkazilgan treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad unda ishtirok etuvchi loyiha a’zolari, tadqiqotchilar, bakalvriat va magistratura talabalariga kichik sun’iy yo‘ldoshlar, ularni ishlab chiqarish va foydalanish, CubeSatlar haqida dastlabki tushunchalarni berish va unga oid atamalarni o‘rgatish va kichik topshiriqlarni bajarish hamda ularni muhokama qilishdan iborat.

Tadbirda kichik sun’iy yo‘ldosh tizimlarining xususiyatlari va farqlari batafsil ko‘rib chiqildi, sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish, ularning tizimlarini orbitaga yetkazib berish masalalari va muammolariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilar bunday sun’iy yo‘ldoshlarni yaratish tarixi va ushbu yo‘nalishni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan usullari bilan tanishdilar. Bundan tashqari, mashg‘ulotning amaliy qismida ishtirokchilar tomonidan mustaqil ravishda missiyalarning ishlab chiqilishi, mavzuga yanada chuqurroq kirishish imkoniyatini berdi.

Trening birinchi kunida “Kichik sun’iy yo‘ldoshlar texnologiyasiga kirish” mavzusi bo‘yicha aerokosmik tadqiqotlar bilan tanishish, kichik sun’iy yo‘ldoshlar lug‘atini, kichik sun’iy yo‘ldosh dizayni xususiyatlari, kichik sun’iy yo‘ldosh quyi tizim (elektr quvvat tizimi va bort kompyuter)lari to‘g‘risida ma’ruza tinglandi. Trening ikkinchi kuni “Kichik sun’iy yo‘ldosh missiyasining tarixi va sanoati” to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Trening uchinchi kuni kichik sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarib qo‘yib yuborish va ajratish tizimlari hamda ulardan foydalanish mavzusida ma’ruza qilindi. Kunning ikkinchi yarmida aniq maqsadlar uchun kichik sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish va virtual tarzda orbitaga chiqarish ishlari ishtirokchilar tomonidan sinovdan o‘tkazildi.