Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo‘limi

Bo'lim boshlig'i: Rofiyeva Gulasal Yusubjonovna, PhD
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Tel: +998 71 246 54 13
E-mail:rofiyeva_g@nuu.uz


Bo‘limda Universitetning rivojlanish dinamikasini o‘rganib, boshqaruv tuzilmasi tarkibiga kiruvchi barcha bo‘limlardan to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. THE va QS kabi xalqaro reyting agentliklari talabiga muvofiq ravishda berilgan ma’lumotlar tayyorlanadi. Xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turuvchi xorijiy universitetlar tajribasi asosida universitetning rivojlanish strategiyasi uchun takliflar ishlab chiqiladi.


Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 4 nafar metodistlardan iborat (1 nafar 1 va 3 nafar 0,5 shtat birlikda).


Bo‘limning funktsional vazifalari:
- Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarni hamda bo‘lim faoliyatiga oid O‘zMU buyruqlarining fakulьtet, kafedra, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlari, uslubiy ko‘rsatmalari hamda universitet Kengashining xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limiga oid qarorlari, universitet rektorining buyruqlari va ko‘rsatmalari, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
- Universitet ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar berish;
- Bo‘lim faoliyatiga doir materiallar va ma’lumotlar saqlanishini nazorat qilish;
- Reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi parametrlarni doimiy nazorat qilish va ularning holati bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot va xisobot berib borish;
- Fakulьtetlar va kafedralar kesimida universitetning xalqaro reytingga qo‘shayotgan hissasi ko‘rsatkichlarini muntazam aniqlab borish;
- Doimiy ravishda kafedralar, bo‘limlarning xodimlarini xalqaro reyting tizimi talablari bilan tanishtirib borish;
- Bo‘lim faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish;
- Bo‘lim ish faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Bo‘lim faoliyatiga oid Vazirlik va boshqa tegishli idoralarga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot va hisobotlar taqdim qilib borish;
- O‘zMUning xalqaro faoliyatini amalga oshirish loyihalarini va tashkiliy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritishda qatnashish;
- Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.