O‘zbekiston Milliy universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularning psixologik va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Suitsidal xulqning psixologik profilaktikasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.



Tadbirda mazkur yo‘nalish bo‘yicha malakali mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan, 4-IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektor Sayyora Mavlonova, 3-IIB xotin-qizlar masalalari boyicha katta inspektor Shohida Mirzakarimova, bosh shifokor Feruza Agzamova, “Yoshlik” talabalar shaharchasi bosh mutaxassislari Madina Hakimova, Mohibonu Xojahmedova hamda Dildora Azizovalar mavzu bo’yicha fikr bildirishdi.


Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan ruhiy tushkunlik, depressiya va o‘z joniga qasd qilish holatlari yuzasidan psixologik sabablar, oldini olish yo‘llari, sog‘lom muloqotning o‘rni va muhim profilaktik chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
O‘zMU Axborot xizmati