Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid» i-turism» platformasini ishlab chiqish.

Ilmiy rahbari: Djuraeva Sanabar Nurmatovna
Bajarilish muddati: 01.02.2021-31.01.2023
Loyiha shifri: A-OT-2021-132
Loyiha turi: Innovatsion.


Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Tarixiy manbalar asosida Surxon vohasi qadim tarixi va etnomadaniyati bilan bog‘liq arxeologik yodgorliklari hamda islom ilmlari rivojiga hissa qo‘shgan muhaddis olim, tasavvuf allomalari, mahalliy ulamolar hayot- faoliyati, ular nomi bilan bog‘liq me’moriy obidalar tarixini o‘rganish, mavjud ma’lumotlarni yagona tizimga solish, ular asosida mamlakatimiz ichki va tashqi turizmi uchun xizmat qiladigan «i-turism» platformasini yaratishdan iborat.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar: Islomgacha bo‘lgan davr bilan bog‘liq Sopollitepa, Jarqo‘ton, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Qoratepa yodgorliklari haqida ilmiy materiallar to‘plandi va ma’lumotlar elektron ba’zasiga kiritildi.
Og‘zaki tarix usullaridan foydalangan holda mahalliy aholigagina ma’lum bo‘lgan ulamolar: Haydarqul Xoji Bobo, domla Nodir Muhammad Samarqandiy, Eshoni Safar Xalifa hayoti va faoliyati, ziyoratgohiga doir ma’lumotlar to‘plandi va taxlil qilindi .
Shu bilan birga Saxobalar, xo‘jalar tabiat tomonidan paydo bo‘lgan ziyoratgohlar haqida ilmiy materiallar to‘plandi, ma’lumotlar ba’zasiga kiritildi.
Grant doirasida islomdan oldingi davr bo‘yicha arxeologik va islom davri bilan bog‘liq arxitektura yodgorliklari haqida to‘plangan ilmiy materiallarning platformaga mos tarzda taxlili amalga oshirildi.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ulamolar: Ma’yusiy, Xondizagiy hayoti va faoliyati haqida og‘zaki tarix materiallari, manbalardan, hamda o‘zlari yozgan kitoblaridan ma’lumotlar to‘plandi, elektron shakli tayyorlandi.
Surxondaryo viloyatida loyiha proekti bo‘yicha safar chog‘ida to‘plangan 2D va 3D da olingan suratlarning montaj ishlari bajarildi hamda to‘plangan elektron ma’lumotlar platforma ba’zasiga kiritildi.
Loyiha doirasida O‘zbekiston Milliy arxivi, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi arxiv materiallari, birlamchi manbalar, O‘zbekiston FA fundamental kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan Surondaryo viloyati arxeologiya muzeyi hamda Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat kutubxonasidan ilmiy materiallar yildi.
Surxondaryo viloyatida nomi ziyoratgohlar bilan bog‘liq allomalar: Hakim Termiziy, Iso Termiziy, Varroq Termiziy, Samandar Termiziy, Mavlono Zohid, So‘fi Olloyor, Alouddin Attor hayoti, qoldirgan ma’naviy merosiga oid ilmiy materiallar to‘planib, elektron varianti platformaga kiritildi.
grant doirasida 23 ob’ekt bo‘yicha to‘plangan ilmiy materiallar rus va ingliz tillariga tarjima qilinib platforma ba’zasiga joylashtirildi. Grant doirasida islomdan oldingi davr bo‘yicha arxeologik va islom davri bilan bog‘liq arxitektura yodgorliklari haqida to‘plangan ilmiy materiallarning platformaga mos tarzda taxlili amalga oshirildi.
grant doirasida ilmiy maqolalar chop etildi. Surxondaryo ziyoratgohlari haqida ikkita xarita tayyorlandi.
grant doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy texnik kengashining 9-sonli bayonnomasi (2021 yil 24 sentyabr) qarori asosida «Surxondaryo viloyati ziyoratgohlari tarixi» va «O‘zbekistonning janubiy xududlaridagi ziyoratgohlar tarixi va ularning mahalliy aholi hayotida tutgan o‘rni» nomli monografiyalar tayyorlanib nashrdan chiqdi.
platformaning WEB sahifasini yaratish uchun tasvir ishlari amalga oshirildi. Ma’lumotlarning ruscha va inglizcha ko‘rinishi ma’lumotlar ba’zasiga kiritildi. Har bir ob’ekt yaqinida joylashgan bank, shifoxona, vokzal, mehmonxona, restoran va bozorlarning lokattsiyalari joylashtirildi, platformaning mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Tayyorlangan materiallarni taqdim etuvchi Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid “i-Turism” platformasini 3 bosqichda yakuniga etdi va quyidagi natijalarga erishildi.
• to‘plangan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi
• ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda Mobil ilova tayyorlandi
• har bir ob’ektning 3D VR shakllantirildi
Web sahifada Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalarining elektron bazasi shakllantirildi va barcha uchun ochiq ma’lumotlar bazasiga aylantirildi. Bu o‘z navbatida sayyoh va ziyoratchilar uchun o‘zbek, rus, ingliz tillarida xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari mazkur Web sahifa doimiy ravishda yangilanib va yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib borilmoqda.
Mobil ilovasi off line rejimida ishlash qobiliyatiga ega. Mobil ilova orqali sayyoh va ziyoratchilarimiz barcha obektlarimiz haqida ma’lumot olishlari mumkin va faqatgina interaktiv xizmatlar uchungina internet trafiklaridan foydalanishlari mumkin (https://play.google.com/store/apps/details?id=appinventor.ai_mirzamatzoda777.Surxon_turizm ).
Har bir ob’ektning 3D VR shakllantirildi. Mazkur tizim orqali sayyoh va ziyoratchilar obektlarning 3D holatda ko‘rishlari mumkin. Bu tizim hozirgi asrning eng ommabop va qulay texnologiyalaridan bo‘lib, ko‘pincha ziyorat turizmi, katta shaharlar, memorial inshootlar va tarixiy ob’ektlarning 3D maketini yasashda ishlatilmoqda. Biz ham o‘z platformamizning qulayligi va imkoniyatlarini oshirish maqsadida ushbu texnologiyadan foydalandik. Bu esa platformaning ommalashishida katta yordam beradi.
Loyiha doirasida chop WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar

  1. Sanabar Djuraeva, Durbek Raximdjanov. Tourism Development ln Mountainous Places Of Surkhandarya Region. Turish Online journal of Qualitative lnquiry ( TOJQl) Volume 6, July,( 2021). 6877-6884.
    Web of Science tizimidagi jurnallarda
  2. Djuraeva, S., & Yunusova, K. (2021). Complex Analysis of Historical Persons, Scientists and Locally Significant Sites in Surkhandarya Region. REVISTA GEINTEC-GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS, 11(3), 1908-1932.