Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga xususiy tashabbuskor “SHENGLI HOUSE” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (0,3 gektar) hududida 1 000 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha konsepsiyasi

2) Loyiha haqida ma’lumot

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 17-martga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi 4-uy.
E-mail: devonxona@nuu.uz , v.yadgarov@nuu.uz Telefon raqami: +998(71) 246-58-34; 99 851-15-85

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.
E-mail: devonxona@edu.uz, Telefon raqami: 71 203-32-23;

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.