Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Tafakkurning ikki gulshani, yoshlar tarbiyasida komillik sifatlari Mir Аlisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur talqinida

Jonajon Vatanimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qoʼyib, yangi Uygʼonish davri — Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bugungi kunda Аlisher Navoiy va Gʼoziy Zaxiriddin Muhammad Boburning bezavol adabiy merosi misolida oʼzbek adabiyoti va madaniyatini chuqur oʼrganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini yoshlar ongiga singdirishmaqsadida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda Matematika va Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulьteti rahbariyati, Filologiya fanlari doktori professor Hamidulla Boltaboev, kafedra mudirlar, professor – oʼqituvchi va talaba-yoshlar ishitrok etdilar.

Jamiyatimizda Navoiyni anglash kitobxonning shaxsiy yumushidan davlat siyosati darajasiga koʼtarildi. Uning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʼrin tutadi. Ulugʼ shoir oʼzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʼoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʼz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʼrin egalladi. Boburday jahoniy shoh va ulugʼ shoir merosini qadrlash orqali biz ham milliy davlatchiligimiz tarixi, ham mumtoz adabiyotimiz namunalari, ham qator ilmiy kashfiyotlar mohiyatini tushunishga intilmoqdamiz.

Tadbirda soʼzga chiqqan fakulьtet dekanlari Oibdjon Zikirova va Zafar Raxmonovlar har bir inson oʼzligini anglashga, ajdodlari haqida koʼproq bilishga, ular hayotini oʼrganishga intiladi. Bu borada esa tarixiy asarlar beqiyos ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy oʼrganish imkoniga ega boʼldik. Koʼplab buyuk bobokalonlarimiz asarlari singari ikki buyuk mutafakkir ijodida ham yoshlarimiz uchun ibratomuz jihatlar koʼp. Ularning Vatanni sevish, ota-onaga hurmat, doʼstga sadoqat koʼrsatish xususidagi fikrlari kishiga yuksak maʼnaviy saboq beradi. Oʼzbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, oʼzbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qoʼshgan ikki buyuk bobomiz ulkan tarixiy davrda yashab ijod qilgan. Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulugʼ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari boʼladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday ulugʼ farzandlari safida Аlisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ham oʼz oʼrni borligi haqida yoshlarga aytib oʼtdilar.

Shundan soʼng filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboevga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi PQ-4865-sonli “Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, qaror mazmun mohiyatini yigʼilish ishitrokchilariga batafsil tushuntirib oʼtdi. Milliy maʼnaviyatimiz, ona tilimiz, adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʼshgan daho-shoirlar bugungi kunda ham mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, taʼlim, tarbiya, maʼnaviyat, ilm-fanga eʼtibor qaratish borasidagi islohotlar jarayonida ularning merosini mukammal oʼrganish yoʼlidagi qadamdir. Oʼzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan partiya tizimida joriy yilning 1-15 fevralь kunlari ikki buyuk siymolar Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini keng nishonlash maqsadida «Аdabiyot va maʼrifat» haftaligi deb belgilab olindi. Mazkur haftalik doirasida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi, «Navoiy navolari» maʼrifiy badiiy kechasi, «Navoiy va yoshlar» shiori ostida adabiy va badiiy tadbirlar, «Navoiyni anglash» mavzusida joylarda gʼazalxonlik kechalari, «Navoiy vorislari» koʼrik-tanlovi ishtirokchilari oʼrtasida mushoira, «Bobur» jamoat fondi bilan hamkorlikda Xalqaro konferentsiya hamda Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʼishlangan turli aktsiya va viktorinalar oʼtkaziladi. Bu ikki buyuk mutafakkir asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy gʼoyalarning jahon tamaddunida tutgan oʼrnini hamda oʼsib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini shuningdek, ulugʼ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadqiq qilish va keng targʼib etishda davom etamiz. Zero, bobolarimizning bizga qoldirgan ulkan maʼnaviy merosini asrab-avaylash hamda kelgusi avlodga yetkazish bizning eng muhim vazifamiz va burchimiz ekanligini yigʼilish ishtirokchilariga atroflicha tushuntirib oʼtdi. Mutaxassis olimlarning mazmunli maʼruzalardan soʼng, navbat tadbirni ikkinchi qismi, badiy qismiga berildi. Unda talaba-yoshlar tomonidan Аlisher Naoviy va Bobur qalamiga mansub gʼazal va ruboiylar yod olinib, tadbir ishitrokchilariga havola etildi. Shu bilan birgalikda ikki buyuk shaxs hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar saxna koʼrinishlarida talabalarga yetkazildi. Yoshlar tashabbusi bilan tadbirda mushoira yaʼni gʼazalxonlik oʼtkazildi. Unda Navoiy va Bobur qalamiga mansub gʼazal va ruboiylar eng koʼp yod olgan 3 nafar talaba fakulьtet rahbariyati tomonidan ragʼbatlantirildi. Saxna koʼrinishlari, Naoviy va Guli monologiya talabalar tomonidan mohirona ijro etilgani talabalar olqishiga sazovor boʼldi. Zaxiriddin Muhammad Bobur obrazida namoyon boʼlgan Narimon tomonidan buyuk shoir qoldirgan adabiy merosdan parchalar keltirib oʼtdi. Barchaga birdek manzur keluvchi А.Navoiy va Bobur gʼazallariga ku bastalangan qoʼshiqlar uchun talaba qizlar tomonidan tayyorlangan raqslar, tadbirga oʼzgacha shukuh bagʼishlab, tadbir ishitrokchilari kayfiyatlarini yanada koʼtarildi. Tadbir soʼngida tadbir tashkillashtirishda faol boʼlgan talaba yoshlar fakulьtet rahbariyati tomonidan kitoblar, tashakkurnomalar bilan ragʼbatlantirildilar.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan keltirib oʼtilgan maʼlumotlar, talabalar tomonidan yod aytib oʼtilgan gʼazal va ruboiylar hamda ularda olgʼa surilgan ezgu gʼoyalar aks etgan saxna koʼrinishlari orqali talaba-yoshlarga Аlisher Navoiy va Gʼoziy Zaxiriddin Muhammad Boburning bezavol adabiy merosi misolida oʼzbek adabiyoti va madaniyatini chuqur oʼrganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini tushuntirib berildi.

Matematika fakulьteti Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha

dekan muovini Baxtiyor Mamasoliev