Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Talabadan talabaga ochiq dars

Bugun, Fizika fakultetida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda turli yo‘nalishlarda yutuqlarga sazovor bo‘lgan yoshlar o‘z tajribalari, muvaffaqiyat sirlari hamda imkoniyatlardan foydalanish yo‘llari haqida tengdoshlariga master-klass o‘tishdi.

Jumladan, Prezident stipendiyasi sohibi Pahlavon Yovqochev, Moskva fizika-texnika instituti magistranti, xalqaro grant va olimpiadalar g‘olibi Boyazidxon Sultonov, Xalqaro atom energiyasi agentligi loyihasi sovrindori Hilolaxon Erkinova, xalqaro olimpiadalar g‘olibi Akbar Mamanazarov, Ulug‘bek hamda Sodiq Azimov stipendiyasi sohibi Muhammadali Niyozaliyev tengdoshlari bilan o'zaro fikr almashishdi.